PAYVANDCHI Toshkent · panjara ustaxonasi +998 98 127 27 45Qo'ng'iroq

Toshkent · payvand ustaxonasi

PanjaraPerilaBalkon

Oynaga, balkonga, zinapoyaga. Naqshni siz tanlaysiz — o'lchab olamiz, yasaymiz, bo'yaymiz va o'rnatib beramiz.

10×10 mm prut
175 000 so'm/m²dan
7–10 kun
25-qavatgacha
O'rnatish bepul
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — romb naqshli oyna panjarasi yaqindan, № 077
№ 077 · Oyna panjarasi · 10 mm

Katalog · naqshlar

Rasmni tanlang

Rasmlarni ko'ring — yoqqanining raqamini ayting, qolganini o'zimiz qilamiz. Gulini xohlagancha o'zgartirsa ham bo'ladi.

Barcha rasmlarni ko'rish 135 ta ish · turkumlar bo'yicha saralanadi

Ishlarimiz

O'rnatilgan joylar

Toshkent va viloyatlar. Balandlik muammo emas — eng baland ishimiz 25-qavatga qo'yilgan.

Toshkentda o'rnatilgan temir balkon panjarasi — balkon panjarasi va oynalar, № 004
№ 004 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — uzun oynalar qatori panjarasi, № 023
№ 023 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — meandr naqshli oyna panjarasi, № 027
№ 027 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — ravoqli katta panjara - ko'k fon, № 040
№ 040 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — to'q kulrang devorda naqshli panjara, № 047
№ 047 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — sariq rombli naqsh - och g'isht, № 063
№ 063 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — tikanli oyna panjarasi yaqindan, № 068
№ 068 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — sariq aksentli oyna panjarasi, № 074
№ 074 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — keng oyna panjarasi - oltin gulli naqsh, № 086
№ 086 · Temir panjaralar
Toshkentda o'rnatilgan temir oyna panjarasi — bo'rtma yelpig'ichsimon panjara - kozirek bilan, № 088
№ 088 · Temir panjaralar
Barcha rasmlar135 ta ishOchish →

Jarayon

Tanlashdan o'rnatishgacha

01 —

Rasm tanlash

Katalogdan yoqqanini tanlaysiz. Raqamini aytsangiz kifoya — yoki o'z rasmingizni yuborasiz, shunga o'xshatib qilamiz.

02 —

O'lchov · bepul

Usta o'zi borib oynani o'lchab keladi. O'lchov bepul, hech narsaga majbur emassiz.

03 —

30% zakolat

Kelishilgandan keyin 30% oldindan olinadi — temir shu pulga olinadi va ish boshlanadi.

04 —

Yasash · 7–10 kun

Payvand, tozalash, bo'yoq. Panjara soni ko'p bo'lsa muddat biroz cho'ziladi — buni oldindan aytamiz.

05 —

O'rnatish · bepul

O'zimiz olib boramiz, joyiga payvandlab qotiramiz. Kerak bo'lsa tomini ham o'sha kuni qo'yib beramiz.

Nima qilamiz

Xizmatlar

Oyna panjarasi

Deraza panjarasi — 10 mm to'rtburchak prutdan, naqshi qo'lda egiladi. Har o'lcham, har rang. 175 000 so'm/m²dan.

Balkon panjarasi

Balkon va lodjiya panjarasi. Yopiq yoki ochiq turdagi, kerak bo'lsa tunuka tomi bilan birga.

Zinapoya va balkon perilasi

Perila — zinapoyaga, balkonga, ayvonga. Naqshli yoki sodda, o'lchovdan keyin kelishiladi.

Kozirek va tunuka tom

Oyna va eshik ustiga kozirek. Temir, tunuka yoki plastmassadan — qaysi biri yoqsa. Narxi alohida kelishiladi.

Savollar

Ko'p so'raladi

Balandlik muammo emasmi?

Yo'q. Eng baland ishimiz 25-qavatga qo'yilgan. Yuqori qavatlar uchun alohida xavfsizlik jihozi bilan chiqamiz.

Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Odatda 7–10 kun. Buyurtma katta bo'lsa — panjara soniga qarab cho'zilishi mumkin, buni zakaz olayotganda aniq aytamiz.

Narxi qancha?

1 kvadrat metri 175 000 so'mdan boshlanadi. Aniq narx naqshga va o'lchamga bog'liq — usta borib o'lchagandan keyin aytamiz. Bo'yoq narx ichida.

To'lov qanday bo'ladi?

30% zakolat bilan boshlaymiz, qolgan qismini panjara o'rnatib bo'linganidan keyin olamiz.

Tomini ham qilib berasizmi?

Ha. Temirdan, tunukadan yoki plastmassadan — qaysi biri yoqsa. Rangi ham sizning tanlovingiz. Kozirek narxi alohida kelishiladi.

Rangini o'zim tanlasam bo'ladimi?

Bo'ladi. Ko'pchilik qora + sariq gul oladi, lekin oq, jigarrang, kulrang — xohlagan rangga bo'yab beramiz. Bo'yoq narx ichida.

O'rnatish pulli emasmi?

Bepul. Olib borish, payvandlab qotirish — hammasi narxning ichida. O'lchov ham bepul.

O'z rasmim bo'lsa, shunga o'xshatib qila olasizmi?

Ha, rasm yuboring. Qo'lda egiladigan naqsh bo'lsa, deyarli hammasini takrorlay olamiz.

Viloyatga ham chiqasizmi?

Chiqamiz. Toshkent shahri va viloyatlar bo'ylab ishlaymiz — qo'ng'iroq qilib manzilni ayting, kelishamiz.